Gvardiola Aguero qachon maydonga qaytishini aytdi

Eldor Akmurzayev
12 yanv 2021, 20:05
“Man Siti” forvardi Serxio Aguero koronavirus yuqtirgan tanishi bilan yaqin aloqada bo'lgani tufayli izolyaciyaga olingandi.

“Shaharliklar” ustozi Pep Gvardiolaning so'zlariga ko'ra, argentinalik hujumchi 9-10 kun davomida jamoaga yordam berolmaydi. Umuman Aguero 2020 yil oktyabridan beri maydonga tushmadi. 

U izolyaciyadaligi tufayli APL doirasida o'tadigan “Brayton” (13 yanvar) hamda “Kristal Pelas” (17)ga qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru