Gvardiola Aguero haqida: "U yuragimdagi klubga o'tmoqda va barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi bilan o'ynaydi"

Alisher
24 may 2021, 10:56
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "shaharliklar" forvardi Serxio Agueroning erkin agent maqomida "Barselona"ga o'tishga yaqin ekanligini aytdi.

"Menimcha, sizga sirni ochaman. U yuragimdagi klubga o'tishga yaqin - "Barselona".

U barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi bo'lmish Lionel Messi bilan o'ynaydi. Aminmanki, unga bu yoqadi. "Barselona" u bilan kuchli bo'ladi", - deydi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, Pep Gvardiola Kataloniya klubini 2008-2012 yillar davomida boshqargan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: BBC