Gvardiola: “Agar “Man Siti” bilan Chempionlar Ligasini qo'lga kiritmasam, meni omadsiz deb atashadi”

Eldor Akmurzayev
14 apr 2021, 21:45
“Shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola Chempionlar Ligasi 1/4 finalida o'rin olgan “Borussiya D”ga qarshi javob o'yini oldidan o'z fikrlarini aytdi,

“Futbol – bu biznes va biznes g'alaba bilan bog'liq. Tushunaman, agar “Siti” bilan Chempionlar Ligasida g'olib chiqmasam, odamlar meni omadsiz deb atashadi. Agar g'alaba qozona olsam, barcha Pepning qanchalar zo'rligini aytadi.

Agar 5-10 yildan keyin futboldan ketsam, shuni aytishim mumkinki, murabbiy sifatida erishgan natijalarimni faoliyatimni endi boshlagan vaqtlarimda bashorat qilib bo'lmasdi. Men murabbiylik qilishga muvaffaq bo'lgan barcha jamoalardan ko'proq minnatdorman”, deydi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, “Man Siti” “Borussiya D”ga qarshi ilk o'yinda 2:1 hisobida zafar quchgandi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca