Gvardiol - Xorvatiyaning JCHdagi eng yosh gol muallifi!

Mirjalol Normatov
17 dek 2022, 20:52
Ayni damda Xorvatiya termasi JCHda uchinchi o'rinni egallash uchun Marokashga qarshi bahs olib bormoqda.

Ushbu uchrashuvda xorvatiyaliklar himoyachisi Yoshko Gvardiol boshi bilan bergan zarbasi orqali hisobni ochdi. Shu orqali u Xorvatiya tarixidagi eng yosh gol urgan futbolchiga aylandi. U 20 yosh 328 kunligida gol urishga erishdi.

Gvardiol bu orqali Ivica Olichning natijasini yaxshiladi. Ivica JCH-2002da 22 yosh 267 kunligida Italiya darvozasiga yo'l topgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal