Gvardiol uchun APLning 3 klubi katta mablag' to'lashga tayyor

Mirjalol Normatov
11 dek 2022, 17:10
APLning 3 yirik klubi "Leyptsig" himoyachisi Yoshko Gvardiol uchun katta taklif bilan chiqdi.

"Foot Mercato" xabariga ko'ra, "Manchester Siti" 100 million evro, "Chelsi" 95 mln, "Manchester Yunayted" esa 90 mln evro to'lashga tayyor turibdi.

"Bavariya" ham Gvardiolga qiziqish bildirmoqda va futbolchining agenti bilan uchrashishga ham tayyor turibdi. "Real" va "Barselona" esa futbolchi uchun qo'yilayotgan mablag' juda qimmat deb hisobladi.

Eslatib o'tamiz, bir yarim yil oldin "Leyptsig" ushbu futbolchini Zagrebning "Dinamo"sidan 19 mln evro evaziga sotib olgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Foot Mercato