Guti: "Del Boske sochimni kaltalatishni talab qilgandi"

Tolibjon Qosimov
6 sen 2013, 13:44
"Real"ning sobiq yarim himoyachisis Guti Ispaniya terma jamoasi ustozi Visente del Boske haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Guti 1990 yil "Real" yoshlar jamoasida o'ynayotgan vaqtda del Boske bilan sodir bo'lgan vaziyatni yodga oldi.

– Men 14 yoshligimda del Boske sochimni kaltalatishim kerakligini yoki futbol bilan xayrlashishim kerakligini aytdi, – deydi Guti Goal.com ga. – Buni amalga oshirdim, ammo faoliyatimni yakunlagach. Del Boske mening faoliyatimda katta o'rin tutgan. U doim menga kerakli maslaxatlar berardi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru