Gus Xiddink: "Kontega "Chelsi"da oson bo'lmaydi"

8 apr 2016, 22:58
"Chelsi"ning hozirgi bosh murabbiyi jamoani yangi mavsumdan boshlab qabul qilib oladigan italiyalik mutaxassis Antonio Kontega "aristokratlar"da oson bo'lmasligini ta'kidladi.


"Konte dushanba kuni keng ommaga jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Shuningdek, u taqdimot marosimiga kelib, futbolchilar bilan xam uchrashishi ko'zda tutilgandi. Men futbolchilar chalg'ishlarini istamagandim. Uchrashuv juda tez o'tdi. Kontega bu yerda oson bo'lmasligi aniq. Men ham birinchi bor 2009 yilda "Chelsi"ni qabul qilib olganimda o'xshash holatlik bo'lgandi. Farqi u jamoada taniqli shaxslar ko'p edi. Angliya futboli madaniyatini yaxshi biladigan Lempard, Terri, Ballak, Essen, Drogba singari yuqori darajadagi futbolchilar bor edi. Hozir esa vaziyat boshqacharoq. Kontega bu yanada qiyinchilik tug'diradi. Konte Italiyada muvaffaqiyatli faoliyat olib bordi. Ko'plab sovrinlarga egalik qildi. Bu yaxshi. Chunki "Chelsi"da ham doimo eng yuqori marralarni ko'zlashadi. Konte yuqori bosimda ishlay oladi. Chunki u "Yuventus"da bunga ko'nikkan. Men va Konte o'rtasida ham kichik suhbat bo'lib o'tdi. Biz futbol, Italiya va o'tgan yillar haqida gaplashdik. Klub haqida, oxirgi oylarda olib borilgan ishlar xususida ham gap ketdi", - deydi Xiddink.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football-Italia