G'ulom Rahmonov: “Ishonchni oqlaganimdan xursandman”

Narzulla Saydullayev
15 avg 2016, 11:37
G'uzorda, 18-tur doirasidan o'rin olgan “Sho'rtan” hamda “Metallurg” jamoalari uchrashuvidan so'ng, ushbu bahs qahramoniga aylangan G'ulom Rahmonov OAV xodimlariga quyidagi fikrlarini bildirib o'tdi:
- Ochig'i, bugun barcha jamoadoshlarim va murabbiylarimiz bilan “Metallurg”ga qarshi kechadigan bahslarda hukm surib kelayotgan va biz uchun “qora” ananaga aylangan – noqulay raqib atamasini yo'qqa chiqarishga astoydil bel bog'lagandik. Buning zamirida katta mehnat yotgandi. Shukrki, urinishlarimiz besamar kyetmadi. Jamoadagi do'stlarim, yoshi katta akalarimiz bilan maydonda hamjihatlikda o'ynadik. Barcha yigitlar zo'r harakat qilishdi. Hech kimni ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Lekin Igor aka (Taranga) katta rahmat aytaman. Yana bir bor u kishining tajribasiga qoyil qoldim. To'p uchun kurashda raqibni ortda qoldirib, meni qulay vaziyatga chiqqanimni ko'rdi va to'pni o'z vaqtida, kechiktirmasdan uzatdi. Men qulay imkoniyatni qo'ldan chiqarmadim. Ushbu golim “Sho'rtan”ga Bekobod jamoasi ustidan uzoq kutilgan g'alaba va  muxlislarimizga katta quvonch keltirganidan, o'zim esa murabbiylarimiz ishonchini oqlaganimdan xursandman.

"Sho'rtan" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia