G'ulom O'runov Dinamo bilan shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
13 mar 2014
So'nggi mavsumni Paxtakor va Neftchi klublarida o'tkazgan iqtidorli yarim himoyachi G'ulom Urunov yangi mavsum oldidan Dinamo jamoasi safiga kelib qo'shilgandi.
Yig'inlar davomida o'z o'yini bilan murabbiylarimiz ishonchini qozongan G'ulom O'runov Dinamo bilan 2015 yilgacha shartnoma imzoladi.

Shartnoma imzolangach, 25 yoshli pleymeker klub rasmiy saytiga fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Dinamo bilan shartnoma imzolaganimdan xursandman. Jamoada faoliyat yuritayotgan murabbiylar va futbolchilarning aksariyati men uchun begona emas. Shu bois jamoa yig'ini va o'yinlariga kirishib kyetishim qiyin bo'lmadi. Umid qilamanki, o'z o'yinlarim bilan jamoaga naf keltirib, samarqandlik muxlislarni quvontirish uchun bor kuch va g'ayratimni ishga solaman - deydi futbolchi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz