Gullit Maradonani Messidan kuchliroq futbolchi deb hisoblaydi

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2017, 12:12
"Milan" va Gollandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Rud Gullit Lionel Messi va Diego Maradona o'rtasida kim kuchli ekanligini aytdi.

"Maradona nafaqat buyuk futbolchi, balki yetakchi ham bo'lgan. U bir o'zi g'alabaga qanday erishish mumkinligini bilgan. Buni 1986 yildagi jahon chempionatida amalga oshirgan. Messini ko'rganimda, u buyuk futbolchi ekanligini tan olaman. Ammo hakamlar, OAV va reglament tomonidan himoya qilinadi... Messining o'yini dribling bilan cheklanib qolgan. Maradona esa hammasini bajargan va raqiblar uning oyog'ini sindirmoqchi bo'lishardi" - deydi Gullit.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tribal Football