Biroq davra yakuniga kelib jamoaning natijalari salbiy ko'rinish ola boshladi. Davralar oralig'ida esa jamoada moliyaviy muammolar borligi oydinlashdi. Klubni Nosir Otaqo'ziev, Sobir Usmonxo'jaev va Ibrohim Rahimov kabi yetakchi futbolchilar tark etishdi. Klub ustozi Baxtiyor Ashurmatov bir necha marta ikkinchi davra boshida vaziyat yaxshilanishiga umid qilishini aytgandi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, klubdagi moliyaviy vaziyat ikkinchi davrada umuman o'zgarmagan. Sirdaryo viloyati bosh klubidagi vaziyat achinarli holatda. Futbolchilar anchadan buyon maosh olishmagani oydinlashdi. Jamoadagi moliyaviy holat jamoaning natijalariga ta’sir qilishi aniq, yomon natijalar tufayli jamoaning uy o'yinlariga kelayotgan muxlislar soni keskin kamayib ketgani juda yomon holdir.
Oliy ligaga 10 yil deganda qaytgan "Guliston"da vaziyat o'zgarishiga umid qilib qolamiz. Ayni paytda klub 15ta o'yindan 17 ochko to'plab musobaqa jadvalining 9-pog'onasida bormoqda.