"Guliston" himoyachisi Jasur Otajonov bu mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi

Narzulla Saydullayev
10 okt 2013, 15:57
Xabaringiz bor, 17-turda Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari “Paxtakor”ni qabul qilib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishgandi.
Mazkur uchrashuvda jamoamizning yetakchi himoyachisi Jasur Otajonov jiddiy jarohat olib maydonni barvaqt tark etgandi. Yaqinda futbolchimiz  Toshkentdagi shifoxonalardan birida jarrohlar ko'rigidan o'tdi.   

– O'sha uchrashuvda “Paxtakor”dek dongdor jamoaga har tomonlama munosib qarshilik ko'rsatgandik. Ammo jiddiy jarohat olib maydonni barvaqt tark etdim. Yaqinda poytaxtimizdagi shifoxonalardan birida jarrohlar oyog'imni operaciya qilishdi. Noyabr oyida gipsimni echishadi. Dekabrdan boshlab yakka tartibda mashg'ulotlarga kirishaman. Xullas, bu yilgi chempionat men uchun erta yakuniga etdi. Nasib qilsa, yangi mavsumda maydonga tushaman. Jamoadosh do'stlarimga yordam bera olmayotganimdan juda afsusdaman. Shuni alohida takidlash joizki, o'zbek futbolining yulduzlaridan biri, yosh mutaxassis Guliston shahrida raqobatbardosh va ahil jamoani shakllantira oldi. Agarda yigitlar qo'llab quvvatlab turilsa, mamlakaatimizdagi ko'plab klublarga haqiqiy bosh og'riq bo'lishi mumkin. “Navbahor” ustidan qozonilgan g'alaba bilan sirdaryolik muxlislarni tabriklayman, - deydi Otajonov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcguliston.uz