Grizmanning "Barselona"ga o'tishi deyarli aniq

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2018, 13:47
Kecha, 12 iyun kuni Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann kelajagi borasida qarorini e'lon qilish uchun matbuot anjumani o'tkazdi.

Biroq forvard "Atletiko"da qolish yoki ketish qarori haqida JCH-2018dan so'ng xabar berishini aytdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Grizmanning "Barselona"ga o'tishi 95% aniq. Fransiyalik o'z qarorini iyulda e'lon qiladi.

Eslatib o'tamiz, Fransiya terma jamoasi hujumchisi aprel oyida "Atletiko" bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser