Grizmanning badal puli 65 mln.dan 80 mln. evroga ko'tarildi

Aslanov Jasurbek
18 avg 2015
"Atletiko" yarim himoyachisi Antuan Grizmann klub bilan yangi shartnoma imzoladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 24 yoshli futbolchining bitimdagi badal puli 65 mln.dan 80 mln. evroga ko'tarilgan va bu mablag' klub rekordini yangiladi. Badal puli oshirilishi PSJning futbolchiga qiziqishi tufayli amalga oshirildi. Kelishuv 5+1 yil muddatga mo'ljallangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com