Grizmann The Best haqida: “Afsuski, biz hech narsa qila olmaymiz”

10 sen 2018, 08:25
“Atletiko Madrid” hamda Fransiya terma jamoasi hujumchis Antuan Grizmann yilning eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun yakuniy ro'yxatga kiritilmagani haqida gapirdi.

“Men bu haqida avval ham gapirgandim. FIFA topshiradigan The Best sovrini uchun kurashuvchi futbolchilar ro'yxatida bitta ham jahon chempioni yo'qligi, achinarli. Men tanlash omillari haqida hech narsa bilmayman. Afsuski, biz hech narsa qila olmaymiz. Biz futboldagi eng muhim musobaqa-Jahon chempionatini yutdik. Bu qo'lga kiritish mumkin bo'lgan eng muhim unvon. Yilning eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun yakuniy ro'yxatdan francuz futbolchisi o'rin olmaganiga qaramay, biz juda baxtlimiz”,-dedi Grizmann.

Ma'lumot uchun yilning eng yaxshi o'yinchisini taqdirlash marosimiz 24 sentyabr kuni Londonda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca