Grizmann sevimli yorini tabriklagani uchun 3 ming evro jarima to'laydi

Narzulla Saydullayev
9 mar 2017, 09:25
Atletiko hujumkor yarim himoyachisi Antuan Grizmann jarima to'laydi.

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi futbolchini Valensiyaga qarshi o'yindan so'ng (3:0) jazoladi.

Grizmann o'sha o'yinda gol urib futbolkasining tagidagi tabrik yozilgan maykani barchaga namoyish etgandi. Qo'mita ushbu harakat uchun futbolchiga sariq kartochka berdi va 3 ming evro jarima belgiladi.

Reglamentga ko'ra futbolchilar hech qanday yozuvlarni ko'rsatishlari mumkin emas.

Qiz bolani tabriklaganim uchun sariq kartochka va jarima… Uch kundan so'ng. Boshqa ish bilan shug'ullaning, – deb yozadi francuz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com