

"Barsa" bilan La Liga va Yevropa Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishni orzu qilaman. Yana bir mundial bor, men Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etmoqchiman. Shundan keyin MLSga yo'l olaman. Qaysi jamoagaligini bilmayman, ammo u yerda o'ynamoqchiman. Maqsadim – faoliyatimni AQSHda tugatish", – dedi Grizmann.




