Grizmann - futbol tarixidagi beshinchi eng qimmat transfer

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2019
"Barselona" 120 mln. evro evaziga "Atletiko"dan hujumchi Antuan Grizmanni sotib oldi.

Grizmann xaridi - futbol tarixidagi eng qimmat beshinchi transferga aylandi.

Faqat Neymar (222 mln. evro), Kilian Mbappe (180 mln. evro), Joau Feliks (127,2 mln. evro) va Felipe Koutinolarga (120 mln. evro) Grizmanndan ko'proq pul to'langan.

Grizmann Kataloniya klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Oldinroq, u joriy bitim oxirigacha 105 mln. evro ishlab olishi e'lon qilingan edi. Antuanning yangi tovon puli 800 mln. evro.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As