Grizmann YCHLda "Atletiko" rekordchisiga aylandi

Sherzod Nurmatov
27 okt 2022, 14:06
Kecha "Atletiko" Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turida "Bayer" bilan uchrashuv o'tkazdi (2:2).

Ushbu bahsda "matraschilar" hujumchisi Antuan Grizmann golli uzatmani amalga oshirdi.

"Opta" ma'lumotlariga qaraganda, hujumchi Chempionlar Ligasida Madrid klubi uchun rekord o'rnatdi. 31 yoshli fransiyalik futbolchi kamida o'nta gol urgan va kamida o'nta golli uzatmani amalga oshirgan "Atletiko"ning birinchi futbolchisi bo'ldi. Antuan Chempionlar Ligasida umumiy 26 ta gol urdi va 10 ta golli pas uzatdi.

Qo'shimcha qilamizki, Madrid klubi Chempionlar Ligasidan muddatidan avval chiqib ketdi va so'nggi turda Yevropa Ligasi yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta