Grizmann: "Biz - 23 nafar jangchilarmiz"

Mirjalol Normatov
14 iyul 2018, 01:00
Fransiya termasi forvardi Antuan Grizmann JCH-2018ning finali oldidan jamoadoshlarining kayfiyati haqida gapirdi.

"Bizning asosiy kuchimiz - kayfiyatda. Biz bir-birimiz uchun dushmanni o'ldirishga tayyor 23 nafar jangchimiz. Soatlab vaqtni birga o'tkazamiz, biz bir oilaga aylanib bo'ldik. Gollarni nishonlashimizni ko'rayotgan bo'lsangiz kerak. Jamoadagi barcha bunga yetib bormoqda.

Maydondagilar, uning tashqarisidagilar biz bilan birga quvonmoqda. Bizda haqiqiy oila atmosferasi hukmron. Bu mundial boshlanmasidan oldin boshlangandi, sovrin qo'lga kiritganimizdan keyin yakunlanadi.

Agarda finalda g'olib bo'lsam nima qilaman? "Fortnite" o'ynayman. O'zimni osmonlarda emasdek his qilishim kerak. Koncentraciyani ushlab, bahsga jiddiy tayyorlanish kerak", - dedi Grizmann.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: eurosport.ru