Grizmann "Atletiko"ning eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida ikkinchi o'ringa ko'tarildi

Nozimov Nig'monxo'ja
13 noya 2023, 08:41
Ispaniya chempionatining 13-turida "Atletiko" o'z maydonida "Vilyarreal"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvda “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann ham o'z hisobiga gol yozib qo'yishni uddaladi.. Shu tariqa, fransiyalik futbolchi madridliklar safida o'zining 169-golini urib, klub to'purarlari ro'yxatining ikkinchi o'riniga ko'tarilib oldi. 

Madrid jamoasining tarixidagi eng yaxshi to'purar Luis Aragones hisoblanadi. Uning hisobida 172 ta gol mavjud.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com