Grinvud qaerga o'tmoqchi? Bunga "Xetafe" prezidenti javob berdi

Alisher
24 fev 2024, 22:52
"Xetafe" prezidenti Anxel Torres angliyalik forvard Meyson Grinvudning Madrid yaqinida joylashgan klubda qolishni xohlayotganini aytdi.

"U aqlbovarqilmas darajada yana bir mavsum bizda qolishni xohlamoqda. U o'zini juda yaxshi his qilmoqda va bu "Manchester Yunayted"ning yangi xo'jayinlari hal qilishi kerak bo'lgan masala", – dedi Torres.

Meyson Grinvud joriy mavsum "Xetafe" safida 24ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Partidazo de COPE