Grilish - Bellingem haqida: "Qo'rqinchli tomoni shundaki, u 18 yoshda"

Mirjalol Normatov
30 mar 2022, 22:52
Angliya termasi hujumchisi Jek Grilish Kot-d'Ivuar termasiga qarshi o'yindan keyin Jud Bellingem haqida gapirdi.

"Hali bunday futbolchini ko'rmaganman. Qo'rqinchli tomoni shundaki, u 18 yoshida daxshatli o'yin ko'rsatmoqda. Juda tajovuzkor, xuddi 26 yoshli futbolchiga o'xshaydi. Uning texnik ko'nikmalari juda yuqori.

18 yoshimda bu darajaga yaqin ham bormagaman. "Notts Kaunti"da o'ynab yurganimda kichkinagina yigitcha edim.

18, 19 yoshli iqtidorli futbolchilar bor, ammo ular Bellingem kabi vajohatli o'ynamaydi. Jud universal futbolchi va istalgan poziciyada o'ynay oladi", - dedi Jek.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal