Grey Fransiya chempionatiga yo'l olishi mumkin

Alisher
2 yanv 2020
"Lester" yarim himoyachisi Demaray Grey "Monako" va "Marsel" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Tulkilar" xavbek bilan qishki transferlar oynasidayoq xayrlashishga tayyorlar, Greyning klub bilan tuzgan shartnomasi mavsum so'nggida yakunlanadi.

Transfermarkt 24 yoshli futbolchini 12 million evroga baholagan.

Yarim himoyachi joriy mavsum Angliya chempionatida bir bor maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun