“Gremio” – ilk finalchi

13 dek 2017, 00:50
BAAda o'tkazilayotgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatiing ilk finalchisi nomi ma'lum bo'ldi.

Al-Ayn shahridagi “Hazza Bin Zayed” stadionida o'tkazilgan yarim final uchrashuvida Braziliyaning Gremio” klubi Meksikaning “Pachuka” jamoasini kichik hisobda taslim etdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmagach, tomonalar 15 daqiqadan ikkita taym o'tkazishdi. 95-daqiqada braziliyaliklar vakili Everton o'yindagi yagona va muhim golga mualliflik qildi.

Ikkinchi yarim finalchi nomi 13 dekabr kuni, “Al-Jazira” va “Real” klublari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng ma'lum bo'ladi.

Klublar o'rtasida JCH. 

½ final.

“Gremio” (Braziliya)- DV Pachuka  (Meksika) 1:0

Gol: 1:0 – Everton – 95.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia