Gretsiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Santush 8 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Aziz Tukhtamuradov
4 avg 2014, 21:59
Gretsiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fernandu Santush 8 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

FIFA portugaliyalik murabbiyni JCH-2014dagi Kosta-Rika terma jamoasiga qarshi o'yindagi nomaqul harakatlari uchun jazolashga qaror qildi.

Diskvalifikaciya Santush boshqaradigan terma jamoaning 8 ta rasmiy uchrashuvida amalda bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, murabbiy JCH yakunlanganidan so'ng terma jamoani tark etgandi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru