Grant: “Chelsi” premer-liganing eng yaxshi jamoasi bo'lib qolaveradi”

Tolibjon Qosimov
19 sen 2013, 19:40
“Chelsi” klubining sobiq bosh murabbiyi Avraam Grant, klubning mavsumni qanday boshlaganligi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi va shu bilan birgalikda klubning yangi hujumchisi Samuel Eto'O klubdagi o'rnini yoqotmasligini aytdi.

“Ha, hozirgi “Chelsi”, muxlislar ko'rishni istaganidek jamoa emas. Biroq bu hali boshlanishi. Mourinyo har doimgidek yaxshi murabbiy, “Chelsi” esa premer-liganing eng yaxshi klubi bo'lib qolaveradi.

“Chelsi”ning muammosi, klubning hozirda ko'rsatayotgan o'yinidan kelib chiqayapti. Biroq ularda katta salohiyat mavjud va bu futbolchilar yanada yaxshiroq o'ynash imkoniyatiga egalar.

Eto'O? U qayerda o'ynagan bo'lsa, har doim gol urib kelgan. Futbolchi jamoada ishonchni his qilishi uchun, “Chelsi”da yana bir pag'ona yuqoriroq o'yin namoyish etishi kerak”, - mutaxassisning so'zlarini keltiradi britan OAV.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com