Granada Toni Adams qo'l ostida 7ta o'yinning barchasida yutqazdi

Narzulla Saydullayev
20 may 2017
Toni Adams Granada bosh murabbiyi lavozimida juda omadsiz start oldi.

Angliyalik murabbiy 16 aprel kuni klubga kelgandi. Granada uning qo'l ostida 7ta o'yin o'tkazib ularning barchasida yutqazdi. Jamoasi 3ta gol urib o'z darvozasidan 17ta gol o'tkazib yubordi. Undan oldin Granada ketma-ket 6 uchrashuvida g'alaba qozona olmagandi.

Oldinroq Adams keyingi mavsumda ham Granada bosh murabbiyi bo'lib qolishi xabar qilindi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia