

"Ramos finalning 90 daqiqasida gol urmaydi deb umid qilaman. Biz oilaviy do'stmiz va hozirgacha xabarlashib turamiz. Oldin "Real"da o'ynaganim intrigani kuchaytiradi. "Yuventus" bilan sovrin yutish istagi juda ham kuchli. O'yin qiyin bo'ladi, Madridda bunday darajadagi bahslarga ko'nikib qolishgan. Bu menga yaxshi ma'lum", - dedi Iguain.



