Gonkong Yaqin Sharqdagi mojarolar sababli Eronga borishdan xavotirda

Sherzod Nurmatov
21 okt 2023
Gonkong Futbol Federatsiyasi Yaqin Sharqdagi urush sababli Erondagi xavfsizlik holatini o'rganayotganini ma'lum qildi.

Mamlakat terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichining ilk turida Eron maydoniga safar qilishi kerak. 

Musobaqa qoidalariga ko'ra, mezbon mamlakat va stadionni OFK tasdiqlashi kerak, biroq gonkongliklarning ushbu tashkilotga yo'llagan so'rovlari javobsiz qolmoqda.

Eslatib o'tamiz, saralash guruhidan O'zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari ham o'rin olgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia