Keyin esa 19 noyabr kuni Gonkongga qarshi to'p suramiz. Gonkong ertaga safarda BAA termasi bilan kuch sinashadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 20:30da boshlanadi.
Ma'lumki, gonkongliklar o'z uylarida kechgan bellashuvda BAAga 0:4 hisobida mag'lub bo'lishgandi. Jamoa bosh murabbiyining aytishicha, BAA va O'zbekiston bilan bo'ladigan o'yinlardan so'ng Gonkongning guruhdan chiqish-chiqmasligi ma'lum bo'ladi. Bu borada Kim Pan Gon shunday dedi:
“Oldimizda yana uchta uchrashuv qoldi. Lekin navbatdagi ikki bahs hammasiga oydinlik kiritadi. To'g'risini aytsam, oldimizdagi ikki o'yinda to'rt ochko qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz. Albatta, BAAda bizga oson bo'lmaydi, lekin harakat qilib ko'ramiz. Undan keyin esa O'zbekiston to'g'risida o'ylaymiz. Navbatdagi ikki uchrashuvda ochkolarsiz qolib ketmasak bo'lgani. Umid qilamanki, jamoamizning yetakchi o'yinchisi Chan Vay Ho bizga yordam bera oladi. Usiz himoya qo'rg'onimizni tasavvur qilish mushkul”.
Koreyalik murabbiy jamoasining kam gol urayotganini quyidagicha izohladi: “Ha, biz uchta o'yinda atigi bitta gol urdik va bu juda kam. Endi hujumchilarimizning uyg'onadigan payti kelgan bo'lsa ajab emas. Eng muhimi, bizda tezkor o'yinchilar bor, shu bois bundan xotirjamman”.
X.Xoliqov tayyorladi.