
Ma'lumotlarga ko'ra, bir guruh erkaklar 43 yoshli sportchini pichoq bilan qo'rqitib, uning qo'lidagi chemodanni olib qo'yishdi. Ushbu chemodanda 24 ta quyma oltin va 10 mln. yen (89 ming dollar) bor edi. Tunab ketilgan buyumlarning umumiy narxi 1 mln. dollardan ko'proq. Voqea savdo markazlarining birida sodir bo'ldi.
Hujum oqibatida Li Vay Men yuzidan jarohat oldi, ammo sobiq futbolchining davolanishi shart emas.
Hujum qilganlar ularni kutib turgan mashinada qochib ketishdi. Gonkong policiyasi tekshiruv ishlarini boshladi, ammo hozircha jinoyatchilarning manzilini topishning iloji bo'lmayapti.
Li Vay Men 1993-2006 yillarda Gonkong terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Uning hisobida 68 ta uchrashuv bor.