Gonduraslik jurnalist matbuot anjumanida Jerardni Lempard bilan adashtirib yubordi

Tolibjon Qosimov
7 iyun 2014, 13:28
Jahon chempionatiga tayyorlanayotgan Angliya va Gonduras terma jamoalari o'yinidan oldin bo'lib o'tgan matbuot anjumanida qiziq voqea yuz berdi.
Jurnalist Jerardga savol bera turib uni Frenk deb atadi. U Stiven Jerardni Frenk Lempard bilan adashtirib yubordi. Bu holatda kulib yuborgan murabbiy, futbolchi va jurnalistlar jurnalistni jiddiy qabul qilishmadi. Jurnalist esa uzr so'radi.

Angliya va Gonduras o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini 8 iyun kuni Mayamidagi “San Layf” stadionida bo'lib o'tadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com