Gonduras futbolchisi mundialdagi hakamlikni tanqid qildi

Tolibjon Qosimov
21 iyun 2014, 14:30
Gonduras terma jamoasi hujumchisi Karlos Kostli jahon chempionatidagi hakamlikni kuchli tanqid ostiga oldi.
Futbolchining fikricha hakamlar juda ko'p xatoga yo'l qo'yishmoqda. Gonduras terma jamoasi ikkinchi turda Ekvadorga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi, birinchi bo'limning oxirida hakam Jerri Bengston urgan golni hisobga olmadi.

“Hakamlar haqidagi savolni FIFAga berish kerak, chunki ular o'yinlarga hakamlarni tayinlaydi. Ular ko'plab xatolarga yo'q qo'yishmoqda va ko'pchilik hakamlar o'z vazifalarini bajara olishmayapti” – deydi futbolchi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com