Gollandiyani JCHga olib chiqa olmasligi deyarli aniq bo'lgan Advokat kamida yil oxirigacha lavozimida qoladi

Aziz Tukhtamuradov
8 okt 2017, 19:45
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dik Advokat JCH-2018 saralashidagi omadsizliklarga qaramay, o'z lavozimida ishlashda davom etadi.

Ma'lum bo'lishicha, Advokat jamoasini JCH pley-off o'yinlariga olib chiqa olmasa xam, yil oxirigacha bosh murabbiy sifatida qoladi.

Gollandiyaliklar hali ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazishlari lozim. 

Eslatib o'tamiz, Gollandiya terma jamoasining ahvoli shundayki, jamoa agar Shvetsiya bilan o'yinda 7ta to'p farqi bilan g'alaba qozona olmasa, jahon chempionatiga chiqa olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: De Telegraaf