Gollandiyalik "tilla bola"ning o'g'li Jastin Klyuyvert

Narzulla Saydullayev
28 noya 2018, 19:00
Futbol jamoatchiligi bugungi kunda gollandiyalik sobiq futbolchi Patrik Klyuyvertning o'g'li Jastin Klyuyvertning o'yinlarini katta qiziqish bilan kuzatmoqda.

Bugun sizga "tilla bola" nomi bilan mashhur bo'lgan futbol afsonasining o'g'li Jastin Klyuyvert haqida ma'lumot beramiz.

Jastin Klyuyvert 1999-yil 4-mayda Gollandiyaning Amstyerdam shahrida tug'ilgan. Uning bo'yi 176 santimetr, vazni esa 66 kilogramni tashkil etadi. 17 yoshidayoq katta futbolda o'z debyut uchrashuvini o'tkazgan yosh gollandiyalik 2018-yil 22-iyunda Italiyaning mashhur klubi “Roma" safiga borib qo'shildi. Jastin yosh bo'lishiga qaramay "Roma" safida evrokuboklarda maydonga tushgan eng yosh futbolchi, shuning Gollandiya terma jamoasi safida xalqaro maydonlarda to'p surgan eng yosh gollandiyalik sanaladi. 

Jastin bugunga qadar "Ayaks" va "Roma" klublari safida jami 66 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 16 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. "Roma" Jastin Klyuyvertni 17,25 million evroga o'z safiga qo'shib olgan va 5 yillik shartnoma imzolagan.

Bekzod Tolibov tayyorladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia