
Greklardan uchralgan mag'lubiyat olovranglilarning ketma-ket beshinchi uy uchrashuvidagi omadsizligi hisoblanadi. So'nggi marotaba bunday natija 1933 yilda qayd etilgan edi.
Gollandiya terma jamoasi oxirgi marta 2015 yilning 31 mart kuni Ispaniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida (2:0) g'alabga erishgan edi. Shundan so'ng gollandiyaliklar AQSH (3:4), Islandiya (0:1), Chexiya (2:3), Fransiya (2:3), endi esa Gretsiyaga mag'lub bo'ldi.