Gollandiya - Fransiya uchrashuvi bekor qilinmaydi

Aslanov Jasurbek
23 mar 2016, 13:45
Gollandiya va Fransiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi Bryusseldagi terakt tufayli bekor qilinmaydi.

Bryussel shahrida 22 mart kuni aeroport va metroda bir nechta portlashlar bo'ldi. Terroristlar hujumi oqibatida 34 kishi halok bo'ldi va 200 dan ortig'i jarohatlandi. Qonunni himoya qilish organlarining ma'lumotlariga ko'ra, shaharga hujum davom etish xavfi bor.

Gollandiya Qirollik futbol ittifoqi hukumat va mamlakat xavfsizlik xizmatiga so'rov yubordi, ular esa ijobiy javob berishdi. O'yin 25 mart kuni Bryusseldan 200 km. uzoqlikda bo'lgan Amstyerdam shahrida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com