G'ofur Rahimov - Xalqaro havaskor boks federatsiyasining yangi prezidenti!

Aslanov Jasurbek
3 noya 2018
Moskva shahrida Xalqaro havaskor boks federatsiyasi (AIBA)ning Kongressi yakunlandi.

Kongressning kun tartibidan o'rin olgan eng asosiy masala tashkilotga yangi rahbar saylash edi. Prezidentlik saylovida hamyurtimiz G'ofur Rahimov va qozog'istonlik Serik Konakbaev ishtirok etdi.

Saylov yakunlariga ko'ra G'ofur Rahimovga 134 mamlakat federatsiyalarining 86 tasi ovoz berdi va shu tariqa hamyurtimiz saylovda g'olib bo'ldi.

Endi G'ofur Rahimov 2022 yilgacha AIBA prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: olamsport.com