Godin faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Alisher
18 noya 2021
"Kalyari" himoyachisi Diego Godin faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

35 yoshli urugvaylik futbolchiga "Beshiktosh" qiziqish bildirmoqda, turklar futbolchi bilan qishki transfer oynasida shartnoma imzolashga tayyorlar.

Godin 2021/22 yilgi mavsum "Kalyari" safida 9ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 2 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia