

"Kalyari" himoyachisi Diego Godin "Atletiko Mineyro" bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Tomonlar o'zaro hamkorlik qilishga tayyor.
Urugvaylik futbolchi dekabrda "Kalyari"dan ketishini e'lon qilgandi. Shundan so'ng sardiniyaliklar 35 yoshli markaziy himoyachini jamoadan ajratib qo'yishgandi.



