Goal.com: “Borussiya” Obameyangni 70 million evroga sotishga tayyor

Aslanov Jasurbek
10 fev 2017
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang yozda jamoasini almashtirishi mumkin.

Goal.com portalining xabar berishicha, Dortmund superklubi gabonlik futbolchini 70 million evroga sotishga tayyor. Hujumchi uchun kurashda “Real” favorit hisoblanmoqda.

“Borussiya” va Obameyang bayonot bilan chiqib, yaqinda futbolchining jamoani tark etishi istagi borligi haqidagi xabar noto'g'ri talqin qilinganligini takidlashdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com