Goal.com: "Barselona" yana bir bor "Chelsi"ga David Luiz bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqdi

Tolibjon Qosimov
2 yanv 2014, 15:03
"Barselona" futbol klubi "Chelsi"ga braziliyalik himoyachi David Luiz bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqdi.
Katalon klubi vakillari Rojdestvo olidan londonliklar bilan uchrashishgan. Futbolchining o'zi ham "Kamp Nou"ga o'tish variantini ko'rib chiqishga tayyor. Bu haqida Goal.com nashri xabar bermoqda.

"Chelsi" ham bu taklifni ko'rib chiqmoqda. Biroq Joze Mourinyo futbolchi bilan hali ishlamoqchi va faqatgina katta pul evaziga qo'yib yuborishi mumkinligini takidlayapti.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru