

London klubi rahbari Roman Abramovich va rahbariyat murabbiyning keyingi taqdirini terma jamoalar o'yinlari tufayli bo'ladigan tanaffus vaqtida hal qilib olishadi. Ayni paytda Chelsi YCHLga yo'llanma beradigan o'rindan 9 ochkoga ortda qolmoqda.
Agar Mourinyo ishdan bo'shatilsa uning o'rniga keladigan murabbiy mavsum oxirigacha jamoada ishlaydi. Asosiy nomzodlar sifatida Xosep Gvardiola va Diego Simeone aytilmoqda. Biroq bu murabbiylar 2016 yil yozidagina Londonga kelishlari mumkin.
Chelsi keyingi o'yinni 31 oktyabr kuni Liverpulga qarshi o'tkazadi.


