Goal: Braziliyaning JCH-2018 uchun taxminiy tarkibi

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2014, 21:23
Dunyoga mashhur Goal nashri Braziliya terma jamoasining 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan mundialda qanday tarkib bilan o'ynashi borasida o'z taxminini bildirdi.
Ushbu sayt xodimlarining fikricha to'rt yildan so'ng Braziliya terma jamoasining mundial uchun tarkibi quyidagicha bo'ladi:

Kabral ("Napoli") - Danilo ("Portu"), Markinos (PSJ), D. Luis (PSJ), Marselo ("Real") - Romulo ("Spartak"), L. Gustavo ("Volfsburg"), Lukas Moura (PSJ), Oskar ("Chelsi") - Neymar ("Barselona"), Damiao ("Santos").

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net