"Globe Soccer Awards". Krishtianu Ronaldu 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi

Tolibjon Qosimov
4 yanv 2019, 11:16
Kecha BAAning Dubay shahrida "Globe Soccer Awards" sovrinini topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, Portugaliya terma jamoasi va "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


E'tiborli jihati, Ronaldu ushbu sovrinni beshinchi marta qo'lga kiritdi va bu borada rekordchi hisoblanadi.


Eslatib o'tamiz, "Globe Soccer Awards" sovrinini Yevropa klublar assotsiatsiyasi (ECA) va Yevropa futbol agentlari assotsiatsiyasi (EFAA) 2010 yildan beri aniqlab keladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Globe_Soccer