Globe Soccer Awards: Krishtianu Ronaldu 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
28 dek 2016, 08:22
"Real" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Globe Soccer Awards talqiniga ko'ra 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Eng yaxshi klub "Real Madrid", eng yaxshi murabbiy - Fernandu Santush (Portugaliya), eng yaxshi hakam - Mark Klattenburg, "Anji" sobiq hujumchisi Samuel Eto`O faoliyatidagi yutuqlari uchun sovrinini oldi. Mino Rayola yil agenti deb tan olindi. "Eng yaxshi klub prezidenti" yo'nalishida "Real" prezidenti Florentino Peres g'olib bo'ldi. Taqdirlash marosimi Dubayda bo'lib o'tdi.

Globe Soccer Awards: Ravshan Ermatov 2015 yilning eng yaxshi hakami!

Globe Soccer Awards. Messi, Ermatov va boshqa g'oliblar

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/Globe_Soccer