"Globe Soccer Awards". 2021 yilning eng yaxshilari aniqlandi

Eldor Akmurzayev
28 dek 2021, 07:25
Dubayda "Globe Soccer Awards-2021" taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.

Unda quyidagi nominaciyalar bo'yicha g'oliblar aniqlandi:

Robert Levandovski - TikTok foydalanuvchilari talqiniga ko'ra yil futbolchisi va yil to'purari sifatida maxsus "Maradona" sovrini sohibi;

Kilian Mbappe - mutaxassislar talqini bo'yicha yil futbolchisi;

Ronaldinyo - yorqin faoliyati uchun maxsus sovrin;

Krishtianu Ronaldu - barcha davrlarning eng yaxshi to'purari;

Italiya TJ - yil terma jamoasi;

Leonardo Bonuchchi - yilning eng yaxshi himoyachisi;

Janluijji Donnarumma - yilning eng yaxshi darvozaboni;

"Chelsi" - yilning eng yaxshi klubi;

Roberto Manchini - yilning eng yaxshi murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia