Gleyzerlar "Manchester Yunayted"ni 3,75 mlrd funtga sotishga tayyor

Omonjon To`xtamirzayev
5 sen 2022, 12:59
Gleyzerlar oilasi "Manchester Yunayted" klubini 3,75 mlrd funtga sotib yuborishga tayyor.

Bu haqida Britaniyaning "Daily Mail" nashri ishonchli manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Avvalroq klub akciyalarining ma'lum qismini sotib olmoqchi bo'lgan Buyuk Britaniyaning eng boy odami va "MYU" muxlisi Jim Retkliff bunday summani to'lay oladimi degan savolga hozircha aniq javob yo'q.

Mish-mishlarga ko'ra, ehtimoliy xaridorlar ichida Dubayning moliyaviy fondlaridan biri ham mavjud.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Daily Mail