Giggz Uels termasidan chetlatildi

Mirjalol Normatov
4 noya 2020, 00:30
Uels futbol federatsiyasi rasmiy saytining xabariga ko'ra, bosh murabbiy Rayan Giggz yaqin uch o'yinda termani boshqarmaydi.

Ushbu qarorni assotsiatsiya rahbarlari birgalikda chiqardi. Bunga sabab sifatida Giggz qizini kaltaklab urgani keltirilmoqda. 46 yoshli mutaxassis oilaviy mojaro sababli biroz vaqt xibsda ushlab o'tirildi va garov evaziga qo'yib yuborildi.

Shu orqali AQSHga qarshi o'rtoqlik o'yinida va Millatlar ligasi doirasida Irlandiya va Finlyandiyaga qarshi o'yinlarda jamoaga uning yordamchisi Robert Peyj murabbiylik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal